Manchesterliklar terma jamoalarning uchta supermurabbiyini nishonga oldi

  • 11.01.2026 16:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yaqinda Ruben Amorimni bosh murabbiylikdan isteʼfoga chiqargan “Manchester Yunayted” rahbariyati jamoani qaysi mutaxassisga topshirish masalasini jiddiy oʻrganyapti.

The Mirror  nashri maʼlumotlariga koʻra, “Old Trafford”dagilar jamoa bosh murabbiyligini ayni paytda turli mamlakatlar terma jamoalarini boshqarayotgan uch nafar taniqli murabbiydan birini olib kelishni koʻzlayapti.

Roʻyxatga Braziliya terma jamoasini jahon chempionatiga tayyorlayotgan Karlo Anchelotti, Angliya terma jamoasida ijobiy oʻzgarishlar yasagan Tomas Tuxel va AQSh milliy terma jamoasi bilan mundialda shov-shuv koʻtarishga hozirlanayotgan Maurisio Poçettino kiritildi.

Qiziq jihati shundaki, bu supermurabbiylarning barchasi ilgari Angliya Premier-ligasi klublarida ishlagan va ingliz futbolini juda yaxshi tushunadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!