Manchesterliklarning sobiq yulduzi mashhur klubga o‘tdi
Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Sofyan Amrabat erkin agent sifatida Niderlandiyaning mashhur klubi «Ayaks» bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida amsterdamliklar rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Yangi kelishuv 2028 yil 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 30 yoshli futbolchi jamoaga Turkiyaning «Fenerbahche» klubi bilan shartnomasi o'zaro kelishuv asosida bekor qilinganidan so'ng qo'shildi. Tomonlar shanba kuni ajralish masalasini rasmiylashtirgan edi.
Sofyan Amrabat karyerasi davomida Yevropa futbolidagi bir qator nufuzli jamoalar sharafini himoya qilgan. U Angliyaning «Manchester Yunayted», Ispaniyaning «Betis», Italiyanning «Fiorentina», Belgiya ning «Bryugge», shuningdek, Niderlandiyaning «Utrext» va «Feyenord» klublarida to'p surgan. «Feyenord» tarkibida ikki marta mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan.
«Manchester Yunayted» bilan esa 2024 yilda Angliya Kubogini yutib, muhim sovrin sohibiga aylangan. Marokko terma jamoasi safida Amrabat 78 ta o'yin o'tkazgan. U terma jamoa bilan birga Afrika millatlar kubogida g'olib chiqqan, 2022 yildagi jahon chempionatida to'rtinchi o'rinni egallashga yordam bergan va 2026 yildagi jahon birinchiligida jamoa bilan chorak finalgacha yetgan.

Fikrlar