
Mane JCh-2022ga boradi. "Bavariya" ustozining bunga reaktsiyasi qanday?
Sadio Mane “Verder”ga qarshi uchrashuvda jarohat olib, yaqinlashayotgan JCh-2022ni o‘tkazib yuborishi taxmin qilingandi. Ammo futbolchi Senegal terma jamoasining Qatarga boradigan tarkibidan o‘rin oldi. Bu vaziyatga “Bavariya” murabbiyi Yulian Nagelsmann reaktsiya bildirdi:
“Biz 10 kun ichida unga qo‘yiladigan yangi tashhisni kutmoqdamiz. Senegal Maneni maydonga qaytishini xohlashi aniq, lekin futbolchida muammo bo‘lsa, u o‘ynay olmaydi. Tibbiyot futboldan doimo ustun turadi. Bu Sadio va boshqalar bilan ham shunday.” - dedi germaniyalik mutaxassis.
Mane tiklanishga ulgurgan taqdirda ham 21 noyabrda bo‘ladigan Niderlandiyaga qarshi birinchi turni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Fikrlar