
Mane UEFA Superkubogining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Xabaringiz bor kecha Istanbulda “Liverpul” hamda “Chelsi” klublari o‘rtasida UEFA Superkubogi uchun bahsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yinda mersisaydliklar penaltilar seriyasida g‘alabani ilib ketishdi.
UEFA ushbu musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb “Liverpul” hujumchisi Sadio Mane topildi. Aytish kerakki, senegallik futbolchi kechagi o‘yinda “aristokratlar” darvozasini ikki bor aniq nishonga oldi va dubl qayd etdi.
Bundan tashqari Mane UEFA Superkubogida gol urgan so‘nggi 13 yildagi ilk afrikalik futbolchiga aylandi. So‘nggi bor malilik hujumchi Frederik Kanute 2006 yil “Sevilya” tarkibida “Barselona” darvozasini ishg‘ol etgan edi.
Fikrlar