Manega ham Saudiya Arabistonidan taklif bor. U sobiq jamoadoshi bilan bir klubda o‘ynashi mumkin

  • 6 iyul, 2023, 15:45
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" futbolchisi Sadio Manega Saudiya Arabistonidan takliflar bor, deya xabar berdi Fabritsio Romano. Uni "Al-Ahli" o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. 

"Al-Ahli"ga yaqindagina Roberto Firmino o‘tgandi. Klub uning sobiq jamoadoshi Maneni ham sotib olishni reja qilgan. Senegallik hujumchi uchun Saudiyaning yana bir qator klublari kurash olib bormoqda. 

Germaniyaning ayrim nashrlari Sadioni "Bavariya"ni tark etishga roziligi haqda xabar tarqatdi. Agarda yaxshiroq taklif kelsa, myunxenliklar ham uni qo‘yib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Manening "Transfermarkt" portalidagi narxi 25 million evroga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!