Manjukich faoliyatini Qatarda davom ettiradi
"Yuventus" klubi hujumchisi Mario Manjukich qishki transfer oynasi vaqtida jamoani tark etadi. Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, unga Qatar jamoasi qiziqish bildirmoqda.
Xorvatiyalik futbolchi Qatar klubiga yakuniy javobini dushanbaga qadar bildirishi lozim. Qayd etish joiz, Manjukich joriy mavsum turinliklar safida biror marta maydonga tushmadi.
Fikrlar