
Manjukich o‘zbekistonlik futbolchining o‘rnini egallaydi
“Bavariya” hamda “Yuventus” klublari sobiq hujumchisi Mario Manjukich “Lokomotiv”ga o‘tishga yaqin turibdi.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, 34 yoshli xorvatiyalik futbolchi “temiryo‘lchilar” bilan 2 yillik shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, Mario Moskva klubidan yiliga 4 mln evro maosh oladi.
Manjukich ayni damda erkin agent hisoblanadi. Uning so‘nggi jamoasi Qatarning “Al-Duhayl” klubi bo‘lgan edi.
Ta’kidlash kerakki, "Lokomotiv" aynan Manjukichga "joy bo‘shatish" uchun hamyurtimiz Jasur Jaloliddinovni RPL qaydnomasidan chiqardi. Boisi, Manjukich kelgach, Jasur 9-legionerga aylanadi. Qoidaga ko‘ra 8 tagacha legionerga ruxsat etilgan. "Loko" o‘zbekistonlik futbolchini ijaraga berib yubormoqchi.
Fikrlar