Maqsud polvon Chilida terma jamoamizga dastlabki medalni taqdim etdi

CHERY AUTO

Ayni kunlarda Chili poytaxti Santyago shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Ushbu nufuzli musobaqaning ilk kungi bellashuvida -50 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Maqsud Ochilov terma jamoamiz hisobiga dastlabki kumush medalni yozdirib qo‘ydi.

Dastlab, “S” guruhidan bahslarda qatnashgan sportchimiz ilk bellashuvda avstraliyalik Styuard Kaynning mag‘lub etgan bo‘lsa, keyingi bosqichda vangriyalik Ksanad Feshkodan ustun keldi. Shuningdek, final oldidan o‘tkazilgan bahsda Ochilov Turkiya vakili Abdulaziz Karani taslim etdi va hal qiluvchi bosqichda braziliyalik Aldi De Oliveiraga imkonyaitni boy berib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!