Maradona yaxshi futbolchi, ammo yaxshi inson emas. Diego haqida bunday gaplarni kim gapirdi?

  • 26 aprel, 2020, 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh-1990 finalida bosh hakam sifatida faoliyat olib borgan Edgardo Kodesal argentinalik futbol afsonasi Diego Maradona haqida gapirib berdi.

Tecno

“Menga nisbatan yomon munosabatdagi argentinaliklar borligidan hali ham ranjiyman. Ulardan menga hamon salbiy ma’nodagi xabarlar keladi, hatto ular orasida oila a’zolarim koronavirusdan vafot etishini xohlayotganlari ham bor.

Men Maradonani o‘yin boshlanmasdan turib, madhiya paytida haqorat qilgani uchun maydondan chetlatishim ham mumkin edi. U eng yaxshi futbolchi, ammo yaxshi inson emas. U men to‘qnash kelgan eng yomon insonlardan bir”, - deydi Kodesal.

Eslatib o‘tish lozimki, 1990 yilgi mundial finalida Germaniya federativ respublikasi va Argentina terma jamoalari bahs olib borishgan. O‘sha uchrashuvda nemislar penaltidan kiritilgan yagona gol hisobiga g‘olib bo‘lishgan edi. O‘yin davomida esa hakam argentinaliklarning 2 nafar futbolchisini maydondan chetlatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!