Maradona yoki Messi? Argentina afsonasi javob berdi

  • 11 yanvar, 2023, 06:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina afsonasi Gabriel Batistuta hamyurtlari Diego Maradona va Lionel Messidan qay biri kuchli ekani haqidagi savolga javob berdi.

"Yaxshi savol. Bizning paytimizda Maradona juda ko‘p narsaga qodir deb o‘ylashardi. Bugun esa yoshlar Messining o‘yinlarini ko‘rib, "esdan og‘moqda". U qariyb 20 yildan beri yuqori formada o‘ynab kelyapti. Jahon chempionatida ham Argentinaning g‘alaba qozonishi aniq edi. Chunki Messining atrofida barchasi ajoyib",-dedi sobiq hujumchi DAZN platformasiga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Leo boshchiligidagi "albiseleste" JCh hal qiluvchi bellashuvda Frantsiyani mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqqandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!