"Marakand VI" xalqaro turniri yakunlandi
16-19 oktyabr kunlari qadim Samarqand shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida an’anaviy xalqaro turnir tashkil etildi.
O‘z tarixida oltinchi bor o‘tkazilgan musobaqada yurtimiz yosh sportchilari bilan bir qatorda qo‘shni davlatlardan kelgan dzyudochilar bir nechta yosh hamda vazn toifalarida g‘oliblik yo‘lida tatamiga chiqishdi.
Uch kun davom etga xalqaro turnir 2011-2013, 2014-2016 yillar yosh toifalarida o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar