Marat Bikmaev: Arveladzening mashg‘ulotlari juda qiziqarli
Mavsum avvalida “Paxtakor”ga ko‘chib o‘tgan hujumchi Marat Bikmaev bu erdagi yangi ustozi Shota Arveladze haqida gapirib o‘tdi.
"Lokomotiv" bilan "Paxtakor"ni solishtira olmayman. Ikkala jamoada ham ajoyib muhit hukm suradi. Shota Arveladze haqida nima deyishim mumkin? Uni hamma yaxshi biladi. Arveladze faoliyati davomida top-klublarda o‘ynagan. U taniqli inson, shuning uchun o‘ziga yarasha nomi bor. Arveladzening mashg‘ulotlari juda qiziqarli. Hamma vaqt o‘z ishiga professional tarzda yondashadi. Aslida ham top-klublarda ish uslubi shunaqa bo‘lishi kerak. Umumiy ma’noda olganda, «Paxtakor»da hammasi yaxshi. Ortiqcha biror-bir muammo yo‘q", - deydi mahoratli hujumchi.
Fikrlar