Marat Bikmaev endi "Lokomotiv" klubi bosh menejeri!

  • 21 dekabr, 2023, 17:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

27 oktyabr kuni ushbu mavsum futbolchilik faoliyati bilan xayrlashgan Marat Bikmaev “Lokomotiv” klubi tizimida ish boshlagani haqida xabar bergandik.

Bugun Marat Bikmaev klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, «Lokomotiv» PFK bosh menejeri etib tayinlandi. Ma’lumot uchun, shu paytgacha ushbu lavozimda To‘labek Abrarovich Akramov ishlab kelayotgandi.

Endilikda «Lokomotiv»ning barcha yoshdagi jamoalari faoliyatini ta’minlash, klub tizimidagi kadrlar siyosatini olib borish Bikmaev zimmasidagi vazifa hisoblanadi.

Shu o‘rinda Marat Rifkatovichga yangi lavozimda omad va zafarlar tilab qolamiz, - deyiladi klub matbuot xizmatining xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!