Mareska: "Agar katta jamoa bo‘lmoqchi bo‘lsak, ba’zan "xunuk" g‘alabalarni ham qo‘lga kiritishimiz zarur"

  • 4 aprel, 15:28
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska jamoasining "Tottenxem" ustidan qozongan 1:0 hisobidagi g‘alabasini tahlil qildi.

"Natija muhim, chunki mavsum yakunlanish arafasida turibmiz. Shu bilan birga, biz xohlagan uslubda o‘ynab, g‘alaba qozonishga intilamiz. Bugun ba’zi pallalarda jamoamiz juda yaxshi harakat qildi. Har doim ham o‘yin shunday tugashini istamaymiz. Agar katta jamoa bo‘lishni istasak, ba’zan "xunuk" g‘alabalarni ham qo‘lga kiritishimiz kerak. Shuning uchun men natijadan qoniqdim."

Mareska jamoasining o‘yiniga ham to‘xtalib o‘tdi:

"Jami olganda, juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik. G‘alabaga loyiq edik va birinchi bo‘limdayoq bir necha yaxshi vaziyatlar yaratdik. Oxirgi 10 daqiqada esa jamoa jipslik, iroda va xarakter ko‘rsatdi. Aynan shu narsalar bizga kerak."

Shuningdek, murabbiy jamoaning o‘sishi va maqsadlari haqida gapirdi:

"Albatta, natijalar nuqtai nazaridan asosiy maqsad – Chempionlar ligasi yo‘llanmasi. Lekin shaxsan men jamoaning kun sayin o‘sib borayotganini kuzatishga ko‘proq e’tibor qarataman. Birinchi kundan beri jamoa doimiy ravishda yaxshilanib boryapti" - deya ta’rif berib o‘tdi "aristokratlar" murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!