Mareska: «Endi Xollanning hayoti o‘zgardi»
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska Erling Xolanning yangi mavsumni yuqori tempda boshlaganini baholadi. 2026/2027 yildgi mavsum start olishi bilan Norvegiya terma jamoasi forvardi Angliya premyer-ligasida o‘tkazilgan uch uchrashuvda uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
«U hozir haqiqiy erkak, ota. Erling klubga kelganida u hali ota bo‘lmagandi. Endi uning hayoti o‘zgardi. Xolann ota bo‘ldi, uning hayotida boshqa ustuvorliklar paydo bo‘ldi. Men bu uchun juda xursandman. Erling yetuk, barkamol futbolchiga aylandi», – deya Mareskaning so‘zlarini keltirdi «shaharliklar» matbuot xizmati.
Angliya chempionatida uch turdan so‘ng «Manchester Siti» to‘liq 9 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Ko‘klar» shu paytgacha shuningdek 9 ochko to‘plagan «Arsenal»ni qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qoldirgan.

Fikrlar