Mareska "Manchester Siti"ga sobiq shogirdini olib kelmoqchi
"Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Enco Mareska "Manchester Siti"da Xosep Gvardiolaning o‘rnini egalashga tayyorlanmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, italyalik mutaxassis yangi jamoasida "Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelya bilan yana birga ishlashni istamoqda. Mareska ispaniyalik futbolchi bilan London klubidagi faoliyati davomida ishlagan.
Manbaga ko‘ra, bo‘lajak "shaharliklar" ustozi chap qanot himoyachisining o‘yiniga yuqori baho bermoqda.
Mark Kukurelyaning "Chelsi" bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 50 million yevro deb baholagan.
Shuningdek, 27 yoshli ispaniyalik himoyachiga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar