Marhum Diogu Jotaning xotirasi Arne Slotni haydalishdan qutqarib qoldi
Angliyaning amaldagi chempioni chempioni “Liverpul” mavsumni rasvo o‘tkazayotgani bois bosh murabbiy Arne Slotning iste’fosi haqidagi xabarlar va talablar ko‘payib ketdi.
TEAMtalk nashri bqori lavozimli manbasiga tayanib, niderlandiyalik murabbiyning klubdagi kelajagiga oid insayd ma’lumot chiqardi.
Unga ko‘ra, “Liverpul” rahbariyati ayni damda bosh murabbiy Arne Slotni ishdan bo‘shatishni rejalashtirmayapti.
Insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, klub Diogu Jotaning fojiali o‘limidan so‘ng jamoa qiyin davrni boshdan kechirayotganini tushunadi. Shuningdek, Yurgen Klopp ketganidan keyin natijalarning vaqtincha pasayishi mumkinligi taxmin qilingan.
Shunga qaramay, agar muvaffaqiyatsizliklar seriyasi davom etsa va jamoa yana uch-to‘rtta o‘yinda mag‘lub bo‘lsa, vaziyat o‘zgarishi ham qayd etilgan. Bunday holatda 47 yoshli niderlandiyalik mutaxassisning kelajagini muhokama qilish yanada dolzarb bo‘ladi.
Shu bilan birga, Fenway Sports Group hali ham joriy mavsumni uzoq muddatli loyihaning boshlang‘ich bosqichi sifatida ko‘rmoqda. O‘yinchilar murabbiyni to‘liq qo‘llab-quvvatlashni davom ettiryapti. Chempionatning qishki qismi jamoa va bosh murabbiy kelajagini baholashda asosiy omil bo‘ladi.
“Liverpul” rahbariya garchi hozirgi ustozni qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, unga o‘rinbosar ham topib qo‘ydi. Klub zarur paytda “Tottenxem” va “Nottingem Forest”ni boshqargan Angelos Postekogluga murojaat qilmoqchi.



Fikrlar