Mario Fernandes: Xorvatlarning darajasi ispanlarniki bilan bir xil, ammo ular boshqacha o‘ynashadi

  • 6 iyul, 2018, 16:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya terma jamoasi himoyachisi Mario Fernandes JCh-2018ning chorak finalida Xorvatiya terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Biz juda uzoq va qattiq shug‘ullandik. O‘ylaymanki bizning bu bosqichgacha etib kelganimiz adolatli. Biz yanada uzoqroqqa bormoqchimiz.

Ertangi o‘yin haqida ko‘p gapirmoqchi emasman. Xorvatiya umuman boshqa jamoa. Ular daraja va sifat borasida ispanlardan kam emas, lekin xorvatiyaliklar boshqacha o‘ynashadi.

Biz Xorvatiyani bilamiz. Ushbu terma jamoa safida ko‘plab kuchli futbolchilar bor. Bu juda og‘ir va shu bilan birga qiziqarli o‘yin bo‘ladi”, - deydi Fernandes.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya – Xorvatiya uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!