Mariya Sakkari nima bo‘lganini tushunmay qoldi

  • 4 avgust, 2019, 14:02
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Gretsichlik tennischi Mariya Sakkari San-Xose shahrida o‘tayotgan  "Mubadala Silicon Valley Classic" turnirining 1/2 final bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Mariya ushbu bosqichda xitoylik Chjen Saysay bilan kuch sinashib, yakunda 6:7, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa Chjen o‘zaro o‘yinlardagi hisobni 1:1 ko‘rinishiga olib keldi.

Endi Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqa finalida Saysay belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi raketkasini qo‘yadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!