Markaziy Osiyodagi eng katta xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi bo'ladi

25-iyun kuni Toshkentda va mamlakatning 15 ta shahrida, Ozbekiston Yoshlar kuniga va Olympic Day xalqaro sport bayramiga bagishlangan, Markaziy Osiyoda otkaziladigan eng keng kolamli xalqaro ommaviy yugurish musobaqasiYangi Nafas bolib otadi.

Butun O’zbekiston bo’ylab 50 mingdan ortiq yuguruvchi ommaviy yugurish musobaqasiga qo’shiladi. Ularning orasida, respublikaning 120 ta oliygohidan 17 mingga yaqin talaba, sport ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etgan holda, Yoshlar kunini nishonlaydi. Harbiy o’quv yurtlarining bitiruvchilari va kursantlari, hamda kuch ishlatuvchi idoralar xodimlari Vatan Qalqoni ommaviy yugurish musobaqasi doirasida nishonlashga qo’shiladi.

Shuningdek, sport olamining dunyo hamjamiyati iyun oyida Xalqaro Olimpiya kunining (Olympic Day) 75-yilligini nishonlaydi. O’zbekiston, butun dunyo bo’ylab insonlarni kundalik jismoniy faollik uchun vaqt ajratishlariga ilhomlantirish maqsadida, Xalqaro Olimpiya qo’mitasining “Keling, harakatlanamiz!” yoki #LetsMove shiori ostidagi informatsion kampaniyasini qo’llab-quvvatladi va 25-iyun kuni mamlakatimizning sportchilari Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasiga qo’shiladi.

Olympic Day munosabati bilan Toshkentdagi yuguruvchilar uchun 3 ta masofa tashkil etiladi – 3 km, 10 km va 1 milya (1,61 km) masofaga.  Farg'ona, Namangan, Buxoro, Samarqand, Nukusda havaskor yuguruvchilar ikkita masofada musobaqalashadi - 3 km va 1 milya. Andijon, Guliston, Nurafshon, Jizzax, Termiz, Navoiy, Qorovulbozor, Qarshi, G'uzor, Urganchda – 3 km.

Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi butun Respublika bo’ylab ertalab soat 6 da boshlanadi va Sport.TV telekanalida, hududlardan ulanishlar bilan jonli efirda namoyish etiladi. Toshkent shahrida start Humo Arena sport majmuasining maydonida beriladi. Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasining g’oliblari 19:30 da, Milliy Bog’ ko’ngilochar parkida, ommaviy yugurish musobaqasining barcha ishtirokchilari uchun tashkil etilgan konsert dasturi doirasida e’lon.

Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqalari 2020-yildan boshlab, butun respublika bo’ylab Yengil atletika federatsiyasi ko’magida tashkil etilmoqda. Bundan bir necha yil oldin hammasi ming yuguruvchi bilan boshlangan bo‘lsa, bugunga kelib ommaviy yugurish musobaqasida 250 mingdan ortiq yuguruvchi qatnashgan.

Bu yil Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan 300 nafarga yaqin yuguruvchi va yangi boshlagan sportchilar ijtimoiy-sport harakatiga qo‘shiladi. “Yangi Nafas” musobaqasi yangi xalqaro bosqichga ko‘tarilib, bugungi kunda barcha sport muxlislarini birlashtiruvchi maydonga aylandi.

“Yangi nafas” qo‘shni respublikalar tillarida ham yangi va yorqin ohang topdi - «Nafasi nav», «Jani dem», «Jaña tinis» «Täze dem» va Markaziy Osiyodagi ommaviy sport tarixida yangi sahifani ochdi.

Ta’kidlash joizki, Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasining asosiy maqsadi aynan ommaviy sportni ommalashtirish va 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan aholini sog‘lom turmush tarziga amal qilishlariga rag‘batlantirishga qaratilgan.

«Yugurish – bu o’zingizni sog’lom tutishning eng oddiy va eng qisqa yo’lidir, - deb ta’kidlaydi Yengil atletika federatsiyasi raisining o’rinbosari Andrey Abduvaliyev, - Havaskorlik yugurishda har kim o’zi uchun qulay tezlikni, masofani, mashg’ulotlar vaqtini, fikrdoshlar kompaniyasini  tanlaydi. Aholi orasida sport kayfiyatini ta’minlash maqsadida davlat tomonidan butun respublika bo’ylab infratuzilma yaratilmoqda va yangilanmoqda – yugurish yo‘laklari rekonstruksiya qilinmoqda, sport maydonchalari, stadionlar qurilmoqda. Hududlarda o’tkazilayotgan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqalari esa qo'shni davlatlardagi ommaviy yugurish musobaqalarida faol ishtirok etuvchi, yangi yugurish jamoalarini shakllantirish uchun boshlang'ich tayanch nuqtasiga aylanmoqda».

Ommaviy sport yugurish musobaqasining tashkil qilinishi start-finish liniyasini to’g’ri tuzish, masofalarni belgilash va natijalarni hisoblash uchun mutaxassislarning astoydil tayyorgarlik ko’rishlarini talab qiladi. Yangi Nafas musobaqalarining bosh hakami Xasanboy Ortiqov ta’kidlashicha, hududlarda ilk ommaviy yugurish musobaqasi o’tkazilgan paytdan boshlab muntazam ravishda hakamlar kollegiyasi va murabbiylar tarkibi uchun o’quv treninglari o’tkazib kelinmoqda.

Ijtimoiy komponent “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqalarining muhim qismi bo’lib hisoblanadi. Har bir ommaviy yugurish musobaqasi uchun, hamma sport va yoshlar bayramini baham ko'ra olishlari maqsadida, “temir daftar”dan qizlar va ayollar, shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan yuguruvchilar uchun maxsus bepul kvotalar ajratiladi.

Yangi Nafas xalqaro ommaviy yugurish musobaqasining tashkilotchilari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Milliy olimpiya qo‘mitasi ishtirok etdi. Tadbirning texnik va tashkiliy ishlari O’zbekiston respublikasi Yengil atletika federatsiyasiga yuklatilgan. Bosh hamkor – «O'zbekneftgaz» AJ.

 

Фикрлар

Фикр қолдириш учун авторизациядан ўтинг!