Markaziy o‘yin Samarqandda, Olmaliqda derbi va "Navbahor" Navoiyga safari

  • 28 iyun, 2019, 13:33
  • Bekzod Isayev
  • 13
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliga 13-tur o‘yinlari start oladi. Kun doirasidan 3 ta uchrashuv o‘rin olgan. 28 iyun kungi bahslarning eng markaziy bahsi Samarqandda kechadi. Olmaliqda derbi va yangi murabbiy qo‘l ostida "Navbahor" Navoiyda mehmon bo‘ladi.

Tecno

Samarqandda noxush seriyaga barham berilamidi?

Davron Fayziev shogirdlari o‘z uylarida mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Mezbonlar "Nasaf" va "Navbahor"dan ochko olishdi. O‘zbekiston chempioni "Lokomotiv" taslim etildi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng "temiryo‘lchilar" murabbiylari iste’foga chiqarildi. Bu natijalar o‘z-o‘zidan Samarqandda o‘yinlar oson bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi bellashuvlarda "qaldirg‘ochlar" ustunlik qilishmoqda. Ular Samarqandda umuman yutqazishmagan. Shu bois o‘yinning ahamiyati katta. "Dinamo" bugun ushbu an’anani buzish uchun kurashsa, Vadim Abramov shogirdlari o‘tgan turdagi mag‘lubiyat tasodif ekanligini ko‘rsatish uchun kurashishadi.

Imkoniyatlar: 50% - 50%

Olmaliqda derbi

AGMK o‘z maydonida "Metallurg"ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv Toshkent viloyati derbisi hisoblanadi. Ushbu ikki jamoa turnir jadvalida ketma-ket o‘rinlarni egallab turibdi. Bekobodliklar oxirgi o‘yinlarda duranglar iskanchasida qolib ketgan bo‘lsa, Mirjalol Qosimov shogirdlari vodiyning ikki klubidan 4 ochko oldi. Bu qaysidir manoda olmaliqliklarning uyg‘anayotganidan darak deyishimiz mumkin. Chunki AGMK o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan "Navbahor"ni oxirgi daqiqalarda g‘alabadan mosuvo qildi. Andijonda esa zafar quchdi.

Ko‘rib turganingizdek, bugun o‘ziga kelayotgan AGMK va o‘yini va natijalari pasayayotgan "Metallurg" ishtirokida derbi o‘tkaziladi.

Imkoniyatlar: 55% - 45%

Yangi murabbiyning debyuti

Xabaringiz bor, bir necha kun avval "Navbahor" klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘z lavozimidan ozod etilib, o‘rniga Deyan Jurjevich tayinlandi. Ushbu mutaxassis ilk o‘yinini Navoiyda "Qizilqum"ga qarshi o‘tkazadi. Bu uchrashuvdan avval ko‘pchilik mehmonlarning imkoniyatini biroz yuqori baholab, murabbiyning debyuti omadli chiqishiga ishonmoqda. To‘g‘ri, "Qizilqum" "Navbahor" kabi grand jamoa emas. Lekin bu jamoa har xil holatda turli xil natijalar qayd etishi mumkin. "Lochinlar" raqibni mensimay maydonga tushishsa, qiynalib qolishlari hech gap emas. Qolaversa, Elguja yaxshi formada bo‘lsa, jamoaga katta foydasi tegadi. Biroq namanganliklar yo‘qotilgan ochkolari ko‘pligi bois bu bellashuvga boshqacha kayfiyatda yondashishi aniq.

Imkoniyatlar: 40% - 60%

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abdurasul Pirxonov
28/06/2019 13:59
Кизилкумни ахволи тайин турибди Навбахор олга Кукондан
Рахмонов Шерали
28/06/2019 19:28
Рахмат Куконгахам омад
&
Supurgi liga
28/06/2019 17:36
Энди бундан бу ёғига ютқазиб қўйсаларинг хамма калтак Жахон Азим Остон санларни бошингда синади орқага ўйнатишни билдиларинг энди олдинга ўйнатиб йўқотилган очколарни ўрнини тўлдириб қўйингларчи эркак бўлиб
&
Asadbek
28/06/2019 13:42
Омад Навбаҳор!
&
dovudhon
28/06/2019 13:41
Навбахорга омад
&
Barcamania_2016
28/06/2019 13:39
Олға Навбаҳор!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
28/06/2019 13:37
бунки самарқандда ютади
&
Uznamcity
28/06/2019 16:22
Navabahor yitkizishga haqing yiq uynalaring shundo zor trenirni ketkizdilaring durrang uynayverib endi niyatlaringa yettilaring uynalaring endi fuflola
&
Chortoqlik RAUL
28/06/2019 15:11
Олга Навбахор факат галаба
&
Азизбек
28/06/2019 14:46
Navbahorga bugungi uyinda omad
Абдусамат Жураев
28/06/2019 13:45
БУГУН ОСТОН Урунов,АЗИМЖОН АХМЕДОВ,МЕХМОНОВНИ КУРАСИЗ СОЧВОРАДИ КАНИ АЙТГАНИНА БУЛДИ АНДРЮХА КЕТДИ
Абдусамат Жураев
28/06/2019 13:42
ДЖОРЖИЧ КАНИ НИМАГА КАНЧЕЛЬСКИЙ УРНИГА КЕЛГАНИНГНИ ИСБОТЛА ОЛГА ЛОЧИНЛАР ТОЛКА ПОБЕДА((((
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
28/06/2019 13:38
навбаҳор ҳам ютади
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
28/06/2019 13:38
олмалиқда агмкда ютади