Markinos EChLdagi g‘alabadan keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

  • 1 iyun, 10:19
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ Chempionlar ligasi finalida "Inter"ni 5:0 hisobida mag‘lub etganidan so‘ng jamoa sardori Markinmos o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Bu quvonch va biz birgalikda boshdan kechirgan barcha his-tuyg‘ularning uyg‘unligidir. Azob chekdim, ammo shu jamoa bilan birga o‘sdim. Bu klub safida o‘ynagan, lekin bunga erisha olmagan barcha futbolchilarni eslayman. Mening kumirim Tiago Silva, Lukas Moura, Zlatan Ibragimovich, Kavani, Di Mariya haqida o‘ylayman. Bunga munosib bo‘lgan, ammo buni qo‘lga kirita olmagan futbolchilar juda ko‘p. 
 
Bugun esa shu cho‘qqiga etib keldik va kubokni uyga olib ketyapmiz. Biz bilan birga bo‘lgan barcha muxlislar - "Park de Prens"dagilar va butun dunyodagilar haqida o‘ylayman. Men sizni yaxshi ko‘raman, biz bilan birga quvoning - biz esa bu erda nishonlaymiz. 
 
Bu mening hayotimdagi eng baxtli kun. Oilam yonimda edi va buni men bilan birga boshdan kechirdi. Bu katta maqsad edi. Biz endigina kelganimizda, hech kim bu qadar uzoqqa bora olishimizga ishonmagan edi. Bu o‘n ikki yillik mashaqqat va iztirobdir. 
 
Men bu unvonga juda katta ahamiyat beraman - u biz bilan va uni uyga olib ketayapmiz. O‘ta darajada baxtliman," - deya ta’rif berib o‘tdi braziliyalik fulbek.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!