Markinos "Yuventus"ga o‘tmaydi
PSJ klubi himoyachisi Markinos mavsumlar oralig‘ida "Yuventus"ga o‘tmaydi. Bu haqda braziliyalik futbolchining akasi Luan aytib o‘tdi.
“Markinos boshqa jamoalar bilan kelisha olmadi”, - deb yozadi Luan o‘zining Instagramdagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, Markinos joriy mavsum PSJ safida jami 41ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar