Marko Rossi: "Soboslayning bolalik orzusi – "Real"

  • 14.02.2026 22:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Vengriya terma jamoasi bosh murabbiyi Marko Rossi o‘z shogirdi Dominik Soboslai haqida fikr bildirdi. Avvalroq yarim himoyachining "Liverpul"dan "Real"ga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

"The Touchline" keltirgan ma’lumotga ko‘ra, Rossi shunday degan: "Soboslai bolaligida futbol o‘ynay boshlagani­dan beri uning orzusi doimo "Real" bo‘lgan. Dominik futbol bilan shug‘ullana boshlagan paytdanoq yagona orzusi — "Real" safida o‘ynash edi".

2025/2026 yilgi mavsumda Soboslai "Liverpul" tarkibida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali 25 yoshli futbolchini 85 million yevro baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!