
Marokash JCh-2026 turnirini qabul qilmoqchi
Marokash ishlab chiqarish va sanoat vaziri Mulay Xafid Elalami qirol Muhammad nomidan FIFAga JCh-2026 turnirini qabul qilish bo‘yicha taklif yuborishni rejalashtirgan, deya xabar beradi AS nashri.
Marokashliklar ushbu mundialni ispaniyaliklar bilan birga o‘tkazish fikrini olg‘a surmoqda. Avvalroq bu qarorga mintaqalar o‘rtasidagi vaziyat qarshilik qilgan edi.
Marokash shu vaqtga qadar 1994, 1998, 2006 va 2010 yillarda o‘tkazilgan mundialni o‘zida qabul qilish uchun ariza topshirgan, biroq barchasi muvaffaqiyatsiz yakun topgan.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 turniri birgalikda ariza topshirgan AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lishi mumkin.
Fikrlar