Marsel Desayi, Zinedin Zidan va Karim Benzema qatoriga Kingsli Koman ham qo‘shildi

  • 24 avgust, 2020, 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha “Bavariya” Chempionlar ligasi finalida Kingsli Komanning kiritgan yagona goli evaziga PSJ ustidan g‘alaba qozondi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Tecno

E’tiborlisi, Koman EChL finalida gol urgan tarixdagi 9-frantsiyalik futbolchi bo‘ldi. Bunga qadar, Mishel Leblon, Jan Templen, Mishel Idalgo, Bazil Boli, Marsel Desayi, Zinedin Zidan va Karim Benzema Chempionlar ligasi finalida gol urishni uddalagan.

24 yoshli Koman joriy mavsum “Bavariya” safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!