Marselo: Zidan xuddi akamdek

  • 1 iyul, 2019, 20:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi himoyachisi Marselo frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidanning yana jamoa boshqaruviga qaytgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Zidan menga xuddi akamdek. Uning qaytganidan judayam xursandman. Bu faqat mening yana asosiy tarkibga qaytganim uchun emas. U jamoaga quvonch olib kelgani uchun”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Zidan 2016-2018 yillarda “Real” bilan birga qatorasiga 3-marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Keyinchalik u iste’foga chiqdi. Biroq, oradan ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i 2019 yilning martida yana “qirollik klubi”ga qaytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!