Marseloning 13 yoshli o‘g‘li "Real" bilan shartnoma imzoladi (foto)

  • 4 dekabr, 2022, 16:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Real"ning afsonaviy chap qanot himoyachisi Marselo Veyraning 2009 yilda tug‘ilgan o‘g‘li "qirollik klubi" bilan sharnoma imzoladi.

Tecno

Entso Alves allaqachon Madrid akademiyasining muhim futbolchisiga aylangan, u 13 yoshlilar jamoasida o‘ynaydi. Futbolchi markaziy hujumchi sifatida o‘ynaydi va allaqachon ajoyib gollarni urishga ulgurgan.

Entso so‘nggi oylarda "La Fabrika" akademiyasida sezilarli yutuqlarga erishdi. Kichik Marselo jismonan juda kuchli, ajoyib tezlikka ega va ikkinchi qavatda xam yaxshi o‘ynay oladi.

Eslatib o‘tamiz, bu yosh futbolchining ilk shartnomasi hisoblanadi.

marcelo

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!