Martin Edegor: “Durangni qabul qilishimiz va oldinga harakat qilishimiz kerak”

  • 01.12.2025 11:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" sardori Martin Edegor "Chelsi"ga qarshi 1:1 hisobidagi uchrashuv haqida fikr bildirdi.

"Juda zich va keskin o‘yin bo‘ldi. Ikki jamoa ham agressiv ravishda boshladi, ko‘p qarshiliklar bo‘ldi. Albatta, biz ko‘p hollarda g‘alaba qozonishimiz kerak edi va ayrim jihatlarda o‘yinimiz uncha yaxshi ko‘rinmadi. Durangni qabul qilib, oldinga harakat qilishimiz kerak. Keyingi uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun barcha choralarni ko‘ramiz", - deya aytib o‘tdi norvegiyalik yarim himoyachi.

"Arsenal" Premer-liga jadvalida 30 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, "Manchester Siti"dan besh ochko, "Chelsi"dan olti ochko ustun.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!