Martin Kaseres "Fiorentina"ga o‘tdi

Urugvaylik himoyachi Martin Kaseres faoliyatini "Fiorentina" klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

32 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan bir yillik bitimga kelishgan. U allaqachon, Florentsiyaga etib kelgan va bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va shartnomaga qo‘l qo‘yishi kerak.

Ma’lumot uchun, bu Kaseresning faoliyatidagi to‘rtinchi Italiya klubi bo‘ladi. Bungacha Kaseres "Yuventus", "Latsio" va "Verona" klublarida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!