Martin Shkrtel A Seriya klubidan taklif oldi

  • 8 aprel, 2019, 21:30
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Fenerbaxche" himoyachisi Martin Shkrtel faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Fanatik nashri xabariga ko‘ra, "Parma" 34 yoshli himoyachiga qiziqmoqda. Italiyaliklar Shkrtelga 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Futbolchining "Fenerbaxche" shartnomasi shu yilning yozida tugaydi va erkin agent sifatida boshqa jamoaga o‘tishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!