
Martines : "Oltin to‘p" nomzodlari orasida bo‘lishga loyiqman"
"Inter" va Argentina terma jamoasining 27 yoshli hujumchisi Lautaro Martines "Franca Football" talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun 30ta da’vogarlar qatoridan joy oldi. G‘olib nomi 28 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.
Futbolchi ushbu sovrin uchun nomzodlar orasiga kiritilgani borasida o‘z fikrini bildirdi.
- "Oltin to‘p"? Men o‘tkazgan mavsumni hisobga olsak, men albatta musobaqada qatnashishga loyiqman. Men bu darajaga erishish uchun juda ko‘p mehnat qildim.
Men ketma-ket ikkinchi marotaba bu sovrin uchun so‘nggi bosqichga kiritilmoqdaman va o‘ylaymanki, u erda bo‘lish uchun menda hamma ko‘rsatkichlar etarli, - dedi Lautaro Martines.
Fikrlar