
Martines faoliyatini Ispaniyaning top klubida davom ettirishi mumkin
"Inter" jamoasining hujumchisi Lautaro Martines faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 27 yoshli hujumchining xizmatlariga Madridning "Atletiko" jamoasi qiziqish bildirmoqda. "Matraschilar" hujum chizig‘ida Martines vatandoshi Xulian Alvares bilan juftlik tashkil qilishi mumkin.
Lautaroning transfer narxi 95 million evroni tashkil etadi, uning "neradzurrilar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Yakuniga etgan mavsumda Italiya chempionatida 27 yoshli argentinalik hujumchi 31 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar