"Mash’al" - "Andijon" o‘yin sanasi o‘zgardi

  • 28 avgust, 2022, 10:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Coca-Cola Kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan «Andijon» yarim final yo‘lida 3 sentyabr kuni AGMK klubini qabul qiladi. MTRK bilan kelishuv asosida ½ final bellashuvlari 2-3 sentyabr kunlari o‘tishi avvaldan belgilab qo‘yilgandi. O‘z-o‘zidan OFK Kubogida ishtirok etayotganidan kelib chiqib, «So‘g‘diyona» ishtirokidagi o‘yin hamda Coca-Sola Superliganing 17-turini nisbatan ertaroq o‘tkazayotgan Namangan va Toshkent grandlari ishtirokidagi o‘yin 2 sentyabrda o‘tishi oydinlashdi. Qolgan ikki bellashuv esa 3 sentyabrdan joy oldi.

Tecno

Elita yo‘lida kurash olib borayotgan Muborak va Andijon jamoalari 6 sentyabr kuni Pro liga doirasida to‘qnash kelishi kerak edi. Kubok o‘yini sabab mazkur bellashuv 7 sentyabrda bo‘lib o‘tadi. Pro liganing 18-tur bellashuvlari esa o‘zgarishsiz qoladi va barcha jamoalar sport printsiplaridan kelib chiqib, I-bosqichning so‘nggi turini bir vaqtda o‘tkazadi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!