O‘zbekiston Superligasi klublari o‘z futbolchilarini “JCh-2026”ga yuborsa, qancha pul ishlab oladi?

  • 13.05.2026 04:54
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

FIFA 2026 yildgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilar uchun ularning klublariga yirik miqdorda kompensatsiya puli toʻlashni rejalashtirmoqda.

COPE nashri maʼlumotiga koʻra, har bir futbolchi uchun klublarga kuniga 9 ming evrodan ortiq mablagʻ ajratiladi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham oʻz tarixida ilk bor mundialda ishtirok etadi. Tabiiyki, Superliga klublari ham oʻz futbolchilari orqali FIFA tomonidan mablagʻ oladi.

FIFA kompensatsiya pulini futbolchi milliy jamoa yigʻiniga rasmiy qoʻshilgan kundan boshlab hisoblaydi. Yaʼni bu faqat oʻyin kunlarini emas, balki tayyorgarlik yigʻini va turnir davomidagi muddatni ham oʻz ichiga oladi.

Agar Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqani guruh bosqichidan keyin tark etadigan boʻlsa, futbolchilar taxminan 17–18 kun milliy jamoa ixtiyorida boʻladi. Shu holatda klublar bir futbolchi uchun kamida 162 ming evro atrofida mablagʻ ishlab olishi mumkin. Bu summani oʻzbek soʻmiga chaqkanda, taxminan 2 milliard 187 million soʻmni tashkil etadi.

Maʼlumot uchun, ayni paytda Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa Milliy futbol markazida mundialga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!