
"Mash’al" AGMKni yutdi, keyingi raqiblar ham aniq
Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan “Mash’al” klubi kecha AGMKga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Ushbu bahsda muborakliklar Superliga klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Mash’al”dan Ibrohim No‘’monov bilan Kamron Abdulhamidov raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. AGMKdan Martin Boake javob golini urdi.
“Mash’al” klubi shuningdek, yig‘in mobaynida “Surxon” hamda “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinlarga maydonga tushishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Muborak jamoasiga yangi o‘yinchilar ham taklif qilingan va bu haqda biroz keyinroq to‘xtalamiz.
Fikrlar