
"Mash’al" futbolchisi legionerga aylandi
“Mash’al”ning iqtidorli futbolchilaridan biri – Sirojiddin Rahmatullaev faoliyatini endi legioner sifatida o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqida futbolchining o‘zi Sports.uz saytiga ma’lum qildi.
Gap shundaki, 27 yoshli yarim himoyachiga Bangladesh chempionatidan taklif tushdi. Natijada muvaffaqiyatli yakun topgan muzokaralardan so‘ng, hamyurtimiz “Saif Sporting” klubi bilan shartnoma imzoladi.
Rahmatullaev bunga qadar Malayziyaning ATM klubida ham to‘p surgan. Shuningdek, “Sho‘rtan” hamda “Mash’al” jamoalarida faoliyat olib borgan. Ushbu mavsumda Rahmatullaev muborakliklar tarkibida 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar