
"Mash’al" o‘z safiga 6 nafar futbolchini qo‘shib oldi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Mash’al» jamoasi o‘z tarkibiga bir yo‘la olti nafar yangi futbolchilarni qo‘shib oldi.
Bular - “Turon” jamoasidan Xumoyun Murtozaev, “Metallurg”dan Vladimir Vagin, “Navbahor farm” jamoasidan Ibrohim G‘anixonov, “Xorazm” klubidan Otajon Niyazmetov, “Lokomotiv” safidan Javohir Abdualimov va “Sho‘rtan”da to‘p surgan Shahboz Jo‘raevlar "Mash’al" safiga qo‘shib olindi.
"Mash’al" klubi yangi futbolchilarning barchasi bilan sharnoma imzolab bo‘ldi.
"Mash’al" matbuot xizmati.
Fikrlar