
"Mash’al" ukrainalik murabbiyi bilan xayrlashdi
Muborakning "Mash’al" klubi tarkibida va shu bilan birga murabbiylar shtabida ham o‘zgarishlar bo‘lmoqda.
Bungacha klub bir nechta o‘yinchilarning ketganini e’lon qilgandi va endi navbat murabbiylar shtabiga kelgan ko‘rinadi. Boisi, "Mash’al"ning ukrainalik murabbiyi Mikola Tishenko jamoa bilan xayrlashdi.
U bosh murabbiy Asror Aliqulovga yaqindan yordam berib kelayotgandi.
"Mikola Tiщenko “Mash’al” futbolchilari bilan birga ko‘plab yirik g‘alabalarni nishonlagan va yosh futbolchilarning rivojlanishi uchun katta mehnat qilgan. Uning rahbarligida amalga oshirilgan strategiyalar va mashg‘ulotlar orqali jamoa ko‘plab yuqori natijalarga erishdi.
“Mash’al” futbol klubi rahbariyati Mikola Tishenkoga o‘z minnatdorligini bildiradi va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi", - deyiladi klub rasmiy bayonotida.
Fikrlar