"Mash’al"ning ikki nafar etakchisi "Turon"ga qo‘shildi

  • 14 iyul, 2021, 09:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Turon” klubi tarkibini kuchaytirishda davom etyapti. Sports.uz ma’lumotiga qaraganda, jamoaga kecha ikki nafar o‘yinchi qo‘shildi. Bular “Mash’al” klubining etakchilari – yarim himoyachi Sardor Abduraimov bilan hujumchi Xumoyun Murtazoev.

Ushbu futbolchilarning “Mash’al” bilan amalda shartnomalari bor. Ammo Muborak klubi bu o‘yinchilarini “Turon”ga transfer qilmoqchi. Agar tomonlar moliyaviy masalalarni kelisha olsa, Abduraimov bilan Murtazoev ikkinchi davrani “Turon” safida o‘tkazishadi.

Ma’lumot uchun, Abduraimov “Mash’al” tarkibida 9 ta o‘yinda 1 ta gol urgan bo‘lsa, Murtazoev 10 ta uchrashuvda 2 ta gol muallifiga aylandi.

Darvoqe, bugun “Turon” jamoasi Toshkentda “Navbahor”ga qarshi nazorat bahsini o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
14/07/2021 21:19
Машьал катта пул суради, еки 6 ой ижара!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
14/07/2021 15:35
Ikkalasi ham Nasafka kelaman deb harakat qilib yuruvdi. ulani quliga emasda. Mashal bilan shartnomasi bor. Mashal hohlasa sotadida. ikkalasi ham Nasaf kerakda
&
Исомиддин
14/07/2021 12:29
Значит машъал суперлигада ортикча экан... Сурхон хам кетса керак ...