"Mash’al"ning yangi hujumchisi: "Asosiy vazifam — gollar urish va jamoadoshlarim bilan birgalikda g‘alabalarga erishish"
Muborakning "Mash’al" futbol klubi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish borasida navbatdagi muhim qadamni tashladi. Jamoa nigeriyalik tajribali markaziy hujumchi Ogastin Chidi Kvem bilan rasmiy shartnoma imzoladi.
Futbolchi klub matbuotiga intervyu berdi.
"Men “Mash’al” oilasiga qo‘shilganimdan juda ham mamnunman. Bu jamoaning boy tarixi va oldiga qo‘ygan katta maqsadlari borligini yaxshi bilaman. Shu bois bu yerda bo‘lish men uchun katta sharaf
Men maydonda jamoaga maksimal darajada foyda keltirishga harakat qilaman. Mening asosiy vazifam — gollar urish va jamoadoshlarim bilan birgalikda g‘alabalarga erishish. Mashg‘ulotlarda bor kuchim bilan ishlab, murabbiylar shtabi ishonchini oqlashga harakat qilaman", - dedi nigeriyalik forvard.
Fikrlar