
Masharipov debyut golini urgan o‘yinda "Shabab Al-Ahli" autsayder maydonida ochko yo‘qotdi
BAA Chempionati 20-turidan o‘rin olgan "Ajman" - "Shabab Al-Ahli" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Mehmonlarning katta ustunligi ostida o‘tgan o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.
Dastlab, mehmonlar futbolchisi Bubakarr Travalli aniq zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, Jaloliddin Masharipov 51-daqiqada hisobdagi farqni yo‘qqa chiqardi. Hamyurtimiz jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan kuchli zarbasi bilan darvozabonni ojiz qoldirdi.
Shu tariqa, autsayder maydonida 2 ochko yo‘qotgan dubayliklar onlayn turnir jadvalida 5-pog‘onani saqlab turibdi. 1 ochko qo‘lga kiritgan "Ajman" 11 ball bilan 12-o‘rinni band etgan.
Fikrlar