Masharipov ham "An-Nasr" bilan munosib xayrlashdi!

  • 17 avgust, 2023, 20:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubini tark etgan futbolchimiz Jaloliddin Masharipov "Instagram"dagi sahifasi orqali klub bilan xayrlashdi. 

"Bu ikki yil ajoyib o‘tdi. Barchasi uchun rahmat aytib qolaman. Klubga, futbolchilarga, xodimlarga va albatta, ajoyib muxlislarga minnatdorchiligimni izhor etaman. Sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilab qolaman!", - deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, Masharipov 2021 yili "Paxtakor"dan "An-Nasr"ga 1 million evro evaziga ko‘chib o‘tgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!