Masharipov: "O‘zimiz shu darajaga olib tushdik, o‘zimiz yuqoriga ko‘taramiz"

  • 8 iyun, 2022, 23:07
  • Karim Xudayqulov
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo kubogi saralashidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Shri-Lanka uchrashuvi yakuniga etdi. Unda vakillarimiz 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi. Ushbu bellashuvdan so‘ng Srechko Katanets hamda Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida ishtirok etdi. Quyida Masharipovning fikrlari bilan tanishib chiqing. 

"Avvalambor, assalomu alaykum. O‘yindan oldin aytganimdek, bu terma jamoalar bizning tengimiz emas. Ilk marta shu bosqichdamiz va Osiyo kubogiga chiqish uchun kurash olib boryapmiz. O‘zimiz shu darajaga olib tushdik, o‘zimiz yuqoriga ko‘taramiz. Vaqtida Janubiy Koreya va Eron kabi kuchli terma jamoalar bilan raqobat uyushtirganmiz. Xudo xohlasa, yigitlar bilan yangidan tarix yozmoqchimiz", dedi Masharipov. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Gulomqodir Askhanov
09/06/2022 06:33
Лекин уйин охирги минут гача курашдиларинг коил факат кушимча 2.....3... Тактика камрокдек енгил хаяжон эмоциями енгиш Осон эмас шунча мухлис олдида , айтишадику Бир куйини -пастни кур Бир юкорини кур бу уйин
хам нимадир тажриба беради.Омад
&
Otabek1995
09/06/2022 01:02
To‘g‘ri bugun g‘alaba qozondik ammo o‘yinimiz saviyasi juda past agar shu tartibda o‘yinda davom etsak katta extimol keyingi o‘yinlarda yutqazib qo‘yishimiz mumkin. Nega O‘zbekistonda faqat bitta taktika qo‘llanadi? Qanoydagi fudbolchiga to‘pni oshir va u amalllab, taxminan darvoza tomonga to‘p uzatadi o‘xshab qolsa kidir tepadi bo‘lmasa befoyda. Huddi shu holat qaytarilaveradi qaytarilaveradi markazdan hujum qilishni ham o‘rganishimiz kerak. Nega mutasaddilar shunga etibor bershmaydi?
&
Mashrab
08/06/2022 23:44
Hozir ham tarix yozyapsilar oldingi terma jamoamiz oʻyinchilari umuman bular bn oʻynamagan . Janubiy Koreya, eron bular ancha kuchaydi biz pasga shoʻngʻidik
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
08/06/2022 23:23
Hammasi sani qulinga emas. uka. murabbiyga bogliq kup narsa. masalan shugun. murabbiyga savol beradigan bormi. shu uyin bilan nimader karomat kursatishiga. ochigi shunoqa ayrim klubla kupayuvdi uzi chempionatka. shulani tasirimi balkim. oddiy misol. himoyalanadigan kamandaga qarshi aldamchi harakati bor uyinchini tashla va. usha uyinchiga erkinlik ber. nimader qil maydonga erkin harakat qilaver raqib. qarshi hujimga utmaydi deb quy buldi.