
Masharipov qaytdi, Alijonov yo‘q - O‘zbekiston MTJ keyingi o‘yinga tayyorlanmoqda
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi 2-tur bahsiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Vakillarimiz bugun o‘ziga belgilangan mashg‘ulot maydonida shug‘ullandi. Kecha terma jamoa mashg‘ulotida ko‘rinish bermagan Jaloliddin Masharipov umumiy guruhga qaytdi. Ammo Hojiakbar Alijonov terma jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotida ishtirok etmayapti.
O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi turni Hindistonga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 18 yanvar kuni 19:30da start oladi.
Fikrlar