Masharipov to‘liq harakat qilgan o‘yinda "Shabab Al-Ahli" "Al-Hilol"ni engdi va...
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 6-turida Jaloliddin Masharipov, Aziz G‘aniev va Odil Hamrobekov harakat qiladigan "Shabab Al-Ahli" klubi "Al-Hilol" bilan bahs olib bordi. O‘yin dubayliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Gollarning ikkisiga ham Igor da Kruz mualliflik qildi va ikki gol ham ikkinchi bo‘limda kiritildi.
Jaloliddin Masharipov ushbu bellashuvni to‘liq maydonda o‘tkazdi.
G‘alabadan so‘ng, BAA klubi ochkolari sonini 7 taga etkazib oldi. Ammo ularning guruhda qolib ketishi avvalroq ma’lum bo‘lib ulgurgandi.



Fikrlar