Mashhur darvozabon nega "Chelsi"ga o‘tganini tushuntirdi

  • 30.08.2026 21:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi»ning yangi darvozaboni Emiliano Martines londonliklar safidagi ilk oʻyinidan soʻng jamoa bilan bogʻliq rejalari haqida gapirib berdi.

– «Chelsi» afsonalari Jon Terri va Petr Chex bilan suhbatlashdim. Bu klub qay darajada katta ekanini, jamoa va muxlislar bu mavsumda nimani kutayotganini yaxshi bilaman. 

Bu yerga yordam berish uchun keldim. «Aston Villa»da ajoyib yetti yil oʻtkazdim, ammo bu yerga kurashish va Premier-ligada chempionlikka daʼvogar boʻlish uchun koʻchib oʻtdim, – dedi Martines Sky Sports efirida.

Emiliano Martines «Chelsi» tarkibidagi debyutini «Brayton»ga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Ushbu bellashuvda londonliklar 4:3 hisobida gʻalaba qozondi. Darvozabon «Chelsi» bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!