
Mashhur futbolchi barcha agentlarini haydab yubordi
“Manchester Yunayted”dagi faoliyati bilan muxlislar nazariga tushgan Jessi Lingard yarim yildan beri o‘ziga yangi jamoa topa olmayapti.
Bundan achchiqlangan hujumkor futbolchi bor aybni uning manfaatlarini himoya qilayotgan agentlariga ag‘dardi. Lingard o‘ziga uzoq muddatdan btsyon ish joyi topib bermagan barcha agentlarni ishdan haydadi.
31 yoshli futbolchi “Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Asosiy jamoaga qabul qilingunicha “Lester”, “Birmengem”, “Brayton”, “Derbi Kaunti” kabi jamoalarda ijarada o‘ynagan.
Yulduzli onlari 2015-2021 yillarga to‘g‘ri keldi. O‘sha davrda “Manchester Yunayted”ning asosiy figuralaridan hisoblangan futbolchi keyinchalik o‘yini pasaygani tufayli “Vest Xem”ga jo‘natib yuborildi.
Lingard 2022 yili manchesterliklar bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agent sifatida “Nottingem”ga qo‘shilgandi. Bir mavsumdan keyin bu jamoa ham unga ish bermay qo‘ydi.
Hozircha, Lingard qanday yo‘l tutishi noma’lum.
Fikrlar