Mashhur futbolchi bosqinchilikka uchradi

  • 14 dekabr, 2021, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Benfika” sharafini himoya qilayotgan argentinalik Nikolas Otamendi o‘z uyida bosqinchilikka uchradi.

Tecno

Tajribali himoyachi “Falikan”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng, uyiga qaytganida to‘rt nafar bosqinchi unga hujum uyushtirdi. Ma’lumotlarga qaraganda, jinoyatchilar Otamendining bo‘ynidan tasma bilan bo‘g‘ib, talablarini bajarishga majbur qilgan. Ular pul va qimmatbaho soatni olib, voqea joyidan qochib ketdi.

Ayni paytda politsiya qidiruv ishlarini olib bormoqda va futbolchining uyiga qo‘riqchilar qo‘yildi.

Argentinaning “Veles Sarsfild” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Nikolas 2010 yildan beri Evropada to‘p tepmoqda. U faoliyati davomida “Portu”, “Valensiya”, “Manchester Siti” kabi jamoalarda to‘p tepgan.

Argentina, Portugaliya va Angliya chempionligi, Argentina terma jamoasida Amerika kubogi g‘olibi va sovrindori bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!