Mashhur futbolchi oʻziga jamoa topdi

  • 08.09.2026 12:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Vulverxempton» klubi «Chelsi» va «Aston Villa»da o‘ynagan hujumkor futbolchi Bertran Traoreni o‘z safiga qo‘shib oldi. Hujumkor futbolchi klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi. U «bo‘rilar» safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.

Traorening yangi kelishuvigacha bo‘lgan so‘nggi jamoasi «Sanderlend» edi. U «Chelsi» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2014 yilda aynan shu klub tarkibida professional futbolda debut qilgan. 

Keyinchalik u «Vitesse», «Ayaks», «Aston Villa», «Lion», «Istanbul Boshakshehir» va «Vilyarreal» jamoalari sharafini himoya qildi.

Eslatib o‘tamiz, «Vulverxempton» o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra Angliya Premier-ligasini tark etganidan so‘ng, hozirgi mavsumni Chempionship divizionida o‘tkazmoqda.

Hozircha jamoa hisobida besh turdan so‘ng bor-yo‘g‘i sakkiz ochko mavjud va «bo‘rilar» turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinni egalab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!